Tadbirlar


Huquqiy targ‘ibotlar ishlari

24-05-2023

          Samarqand viloyati yuridik texnikumi pedagog xodimlari joylarga chiqib targ‘ibot ishlarini amalga oshirishmoqda.

         Xususan, joriy yilning 24-may kuni texnikum  o‘qituvchi-xodimalari N.Axatova, N.Daniyarova, M.Xudoyberdiyeva, M.Baxronova, Sh. Abduvaliyeva, K.Raxmatullayeva Samarqand shahri, Ishtixon va Oqdaryo tumanidagi umumiy o‘rta ta'lim maktablarida bo‘lib, bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan uchrashdi.

         Uchrashuvda Respublika yuridik texnikumlari to‘g‘risida ma'lumotlar berilib, Samarqand viloyati yuridik texnikumiga o‘qishga kirish tartibi tushuntirildi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 

Samarqand viloyati yuridik texnikumida 1-kursda tahsil olayotgan o‘quvchilari tanishtiruv amaliyotini, 2-kursda tahsil olayotgan o‘quvchilari malakaviy amaliyotida

23-05-2023

        Avval xabar berganimizdek, Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining  1-kursda tahsil olayotgan o‘quvchilari tanishtiruv amaliyotini,  2-kursda tahsil olayotgan o‘quvchilari malakaviy amaliyotini o‘tash uchun  sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat tashkiloti va idoralariga yuborildi.

         Yuridik texnikum o‘quvchilari o‘quv yili mobaynida ustozlaridan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, o‘z tanlagan sohasi bo‘yicha ko‘nikma va malakaga ega bo‘lish uchun tegishli tashkilotlar bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga muvofiq amaliyotni olib bormoqda.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram

 

Samarqand yuridik texnikumida “Sudya va yoshlar” mavzusida davra suhbati

24-02-2023

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonda inson huquqlari sohasida milliy ta'lim dasturini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PQ-46-sonli Qarorining 12-bandiga muvofiq 20-28 fevral kunlari o‘tkazilishi belgilangan “Inson Huquqlari” haftaligi doirasida “Inson huquqlari-oliy qadriyat” mavzusida fukarolik ishlari buyicha Samarqand shahar sudining sudyalari X.Abdiyev, F.Karimov, B.Rabbimova va A.Ismatovalar ishtirokida talabalar bilan “Sudya va yoshlar” shiori ostida targ‘ibot ishlari amalga oshirildi

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 

Sudya va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.

24-02-2023

Joriy yilning 23-fevral kuni Samarqand viloyati yuridik texnikumiga Samarqand shahar Iqtisodiy sudi raisi va sudyalari tashrif buyurib, o‘quvchi yoshlar bilan "Inson huquqlari - eng oliy qadriyat" mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi. 

Davra suhbatida Samarqand shahar iqtisodiy sudi raisi To‘xtayev Kamoliddin Ibragimovich, sudyalar: Begimov Rufat Musurmonovich, Hamidov Ulfat Sayfullayevich, Hamraqulov Islom Qayumovichlar ishtirok etib, mavzu bo‘yicha atroflicha fikr mulohazalarini bildirishdi.

Shuningdek o‘quvchilar ham o‘zlarini qizziqtirgan savollarga mutaxasislardan batafsil javob olishdi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram   

 

Samarqand viloyati adliya boshqarmasida ijodiy kecha tashkil etildi.

24-02-2023

Unda Adliya vazirligi faxriylar kengashi a'zosi Mardiyev Alisher Mardiyevichning "Munosib yashamoq baxti" nomli kitobi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Oliy Majlis senatorlari R.Xolmurodov, F.Toshev, Samarqand viloyati hokimligi mutasaddilari, faxriy mehmonlar hamda universitet rektorlari ham so‘zga chiqib o‘z fikr mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Kitob I-darajali davlat adliya maslahatchisi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist, taniqli davlat va jamoat arbobi Alisher Mardiyevning mazmunli va sinovli hayoti va serqirra faoliyati to‘g‘risida hikoya qiladi. Unda mashhur huquqshunosning mamlakatimiz yurisprudensiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi noyob arxiv materiallari va dalillar asosida ochib berilgan.

Ushbu ijodiy kechada Samarqand viloyati yuridik texnikumining ham bir guruh o‘quvchilari ishtirok etishdi.

Bizni kuzatib boring:  |• telegram | • facebook | • instagram  

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг