Tadbirlar
Samarqand viloyati yuridik texnikumida yakuniy davlat attestatsiyasi davom etmoqda!

Xabaringiz bor, texnikumning bitiruvchi kurs o‘quvchilari uchun jiddiy sinov davri boshlangan. Ular o‘tgan 2 yil davomida o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha tajribali ustozlardan olgan bilimlarini endilikda amaliyotda qo‘llashmoqda.
Bugun ular yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom talablariga muvofiq "Jinoyat huquqi" fanidan yakuniy davlat imtihonini topshirishmoqdalar.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Samarqand viloyati yuridik texnikumida Uch avlod uchrashuvi tashkil etildi

Samarqand viloyati yuridik texnikumida yuridik sohada uzoq yillar mehnat qilgan, mamlakatimizning birinchi yurist ayoli, akademik Xadicha Sulaymonova tavalludining 110 yilligiga bag‘ishlanib "Uch avlod uchrashuvi" tashkil etildi
Tadbir "Xadicha sulaymonova kabi yurist bo‘laman" shiori ostida o‘tkazilib, unda texnikum o‘quvchilari, o‘qituvchi-xodimlari, hududdagi mehnat faxriylari ishtirok etdi.
Uchrashuvda Xadicha Sulaymonovaning hayoti, faoliyati hamda yuridik sohaga qo‘shgan ulkan hissalari birma-bir sanab o‘tildi. Shuningdek, tadbir davomida mehnat faxriylarining olima ayolning ibratli so‘zlari hamda amalga oshirgan ishlari to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.
TDYU da "O‘zbekiston Street Law Akaddmiyasi" bo‘lib o‘tda

Ushbu akademiyada O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi yuridik texnikumlar, TDYUning loyiha kordinatorlari hamda faol volontyorlari ishtirok etida.
Akademiyada Samarqand viloyat yuridik texnikumining loyiha kordinatori J.Otaqulov, volontyor-o‘qituvchi N. Ismoilova, volontyor-o‘quvchi S. Ulmasovalar ishtirok etida.
Loyihadan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasining butun hududidagi Street Law loyihasi faol a'zolarini bir joyga jamlab ularning tajribalarini oshirish, ularga chet el tajribasini o‘rgatish hamda ularning loyihaga bo‘lgan qiziqishlarini oshirishdan iborat.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Samarqand viloyati yuridik texnikumida "Mintaqaviy muloqot" xalqaro NNT tomonidan tashkil etilgan seminar-trening mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.

Mazkur seminar-treningni Truman Boden universiteti professori, "Street law" bo‘yicha maslahatchi, huquqshunos Andrew Perkins olib bordi.
Mashg‘ulot davomida yuridik texnikumda faoliyat olib borayotgan pedagog xodimlarga dars o‘tish mahorati va baholash mezonlarini turli hil usullar orqali o‘rgatib borishga e'tibor qaratildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Advokatlar boshqarmasidagi "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tafsilotlari haqida.

Advokatlar palatasi Samarqand hududiy boshqarmasida "Ochiq eshiklar" kuni tadbiri tashkil etildi. Unda Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilari hamda o‘qituvchi-xodimlari J.Otaqulov, J.Fayziyev, M.Ravshanov, R.Shodiyev, G.Mamanazarova, N.Ismoyilova, M.Xudoyberdiyevalar ham ishtirok etdi.
Tadbirda "Yil advokati-2022" Respublika tanlovi g‘olibi Zafar Tuxtashov ishtirok etib o‘quvchilarga advokatura sohasidagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.
Shunihdek, texnikum o‘quvchilari boshqarma faoliyati hamda yutuqlari bilan keng tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil va atroflicha javob olishdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram