Tadbirlar
"Til - millat ko‘zgusi" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.

Samarqand viloyati yuridik texnikumida 21-oktyabr kuni "O‘zbek tili bayrami" munosabati bilan "Til - millat ko‘zgusi" shiori ostida bayram tadbiri tashkil etildi.
Unda o‘quvchi va o‘qituvchilar bundan tashqari bir qancha mehmonlar ham ishtirok etishdi.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan tayyorlangan kuy qo‘shiqlar, sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlar etiboriga havola etildi.
Tadbir yakunida, barcha ishtirokchilar faol ishtiroki uchun sertifikat bilan taqdirlanishdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
“ADLIYA YOYOLI” RESPUBLIKA TANLOVINING SAMARQAND VILOYAT BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI.

Samarqand viloyat Yuridik texnikumida "Adliya ayoli" respublika tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Unda 7 nafar soha xodimalari ishtirok etib, belgilangan uchta shart asosida g‘oliblik uchun o‘zaro bellashishdi.
Nafosat malikalari dastlab huquqiy savodxonligi, qonunchilikni qay darajada bilishlarini test sinovi shartida imtihondan o‘tkazishdi. Ular 30 ta test savoliga 30 daqiqada javob berishlari talab etildi. Keyingi shartda ular qonunchilikka oid dolzarb takliflarini himoya qilishdi. Oxirgi shartda xotin-qizlarimiz sport musobaqalari orqali kuch sinashdilar. Tanlovning yakuniy natijalariga ko‘ra, viloyat yuridik texnikumi xodimi Fotima Berdiqulova 1-o‘rinni egallab, tanlovning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shuningdek, 2-o‘rin Samarqand shahar 1-son FHDYO bo‘limi 1-toifali inspektori Sarvinoz Haydarovaga, 3-o‘rin esa Payariq tuman 1-son FHDYO bo‘limi 1-toifali inspektoriga nasib etdi. Shuningdek, ishtirokchilarga boshqarmaning tashakkurnomalari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
XON ATLAS !

Samarqand viloyati yuridik texnikumida sportning shaxmat-shashka bo‘yicha o‘tkazilgan "5 tashabbus olimpiadasi" texnikum bosqichi g‘oliblari taqdirlanishdi.

Shaxmat bo‘yicha (yigitlar)
- Norboyev Umid 103-guruh
- Qurbonov Alisher 204-guruh
- Alisherov Hasan 105-guruh
Shashka (yigitlar)
- Muhammadiyev Ulug‘bek 101-guruh
- Mirzayev Bahodir 203-guruh
- Normurodov Bahrom 203-guruh
Shashka (Qizlar)
- Tuyvalova Mahliyo 203-guruh
- Abdukarimova Ruxshona 104-guruh
- Safarovas Shahrizoda Safarovna 103-guruh
Musobaqa yakunlariga ko‘ra har bir sport turidan 1 nafarda o‘g‘il va qizlar keyingi bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Gdansk universiteti professorlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilariga Gdansk universitetida ta'lim olish imkoniyatlari va afzalliklari haqida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatini Gdansk universiteti prorektori, professor Anna Yurkovska-Zeidler, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Magdalena Savich, Gdansk universitetining huquq va boshqaruv fakulteti bo‘yicha xalqaro hamkorlik bo‘limi mutaxassisi, professor Edvardas Yuxnevichus olib bordi.
Uchrashuvda Gdansk universitetida akademik mobillik dasturi doirasida ta'lim olish tartibi, ushbu universitetda o‘tiladigan kurslar va unga mas'ul bo‘lgan professor-o‘qituvchilar haqida batafsil maʼlumot berildi.
Ushbu tadbir o‘quvchilarda katta tassurot va qizziqish uyg‘otdi, o‘quvchilar Gdansk universiteti haqida o‘zlarini qizziqtirgan savollariga batafsil javob olishdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram