Tadbirlar
Yuridik texnikumlardagi “Yangi avlad darsliklari”

2021-2022 o‘quv yilida o‘quvchilarni kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish, o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha bilim olishlari uchun “Yangi avlad darsliklari” Toshkent davlat yuridik unvirsiteti tomonidan bizga olib keltirildi. Bu kitoblar Yuristning yozma nutqi darslik , Ish yuritish darslik, Fuqarolik huquqi darslik, Jinoyat protsesual huquqi darslik, Konstituttiyaviy huquqi darslik,Ma'muriy huquqi darslik, Ma'muriy hujjatlar darslik, Jinoyat huquqi darslik ,Mehnat huquqi darslik,Mehnat shartnomasi darslik,Xodimlar bo‘yicha ish yuritish darslik, Fuqarolik prosessual huquqi darslik,Sud prosessual hujjatlari darslik, Notarial harakatlar darslik, Advokatura darslik, Shartnoma tuzish darslik, Majburiyat huquqi darslik, Agrar huquqi darslik, Ijro ishi yuritish darsliklari va elektron kitoblarimiz xam bor. Shu jumladan muxtaram yurtboshimiz Sh.Mirziyoevning yoshlar ma'naviyatini yuksaltirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbyskari ijrosini ta'minlash maqsadida yuridik texnikum o‘quvchilari ishtirokida “Yosh kitobxon” ko‘rik-tanlavini tashkil etildi va o‘tkazildi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha !

Prezidentimizning yoshlar ma'naviyatini yanada yuksaltirishga qaratilgan 5 ta muhim tashabbuslaridan biri o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida kitobonlikni keng targ‘ib qilish hisoblanadi.
Shu maqsadda Samarqand viloyati yuridik texnikumi ARM xodimi Sh.Boboyeva hamda texnikumning 1-bosqich o‘quvchilari Samarqand shahridagi Pushkinskiy nomidagi Markaziy kutubxonaga tashrif amalga oshirildi.
Tashrif davomida o‘quvchilar kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, adabiyotlar fondini ko‘zdan kechirdi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Yuridik texnikum bitiruvchilari uchun malakaviy amaliyotlar boshlandi !

Samarqand viloyati yuridik texnikumi 2-bosqich o‘quvchilari o‘z mutaxassisliklari bo‘yicha amaliyot jarayonlarida o‘zlarining texnikumda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirishmoqda.
Amaliyot jarayonlari davlat xizmatlari markazi, advokaturalar, notariat idoralarda, adliya boshqarmasi idoralarida, majburiy ijro byurosi boshqarmasi va bo‘limlari hamda viloyat umumyurisdiksiya sudlarida olib borilmoqda.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
Yuridik texnikum o‘quvchilari uchun sayohat tashkil etildi.

Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘qituvchilari N.Axatova hamda M.Xudoyberdiyevalar tomonidan 1-bosqich oq'uvchilari uchun Samarqand shahridagi diqqatga sazovor joylarga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida o‘quvchilar va oq'ituvchilar O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti qabri joylashgan “Hazrati Xizr” masjidi, Bibixonim madrasasi hamda Xo‘ja Doniyor maqbaralarida bo‘ldi.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram
UCH AVLOD UCHRASHUVI.

Samarqand viloyati yuridik texnikumi hamda Samarqand viloyati sudi hamkorligida "Uch avlod uchrashuvi" o‘tkazildi.
O‘quvchilarga tanlagan kasbining hamma qirralari qiziq. Ayniqsa, shu kasbda ishlab turganlar bilan uchrashish, suhbatlashish maroqli. Bir umr shu kasbda ishlab, sharaf bilan nafaqaga chiqqanlar esa ideal shaxs darajasida.
Shuning uchun uch avlod uchrashuvlari yangi avlod kasbdoshlarni tarbiyalashda, ruhlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Bizni kuzatib boring: |• telegram | • facebook | • instagram