Tadbirlar


Samarqand viloyati yuridik texnikumida o‘quv jarayoni masofaviy tarzda davom etmoqda

03-02-2022

 Karantinga oid choralar amal qilish davrida Samarqand viloyati yuridik texnikumida o‘quv jarayonlari ZOOM platformasi hamda boshqa masofaviy ta'lim resurslari vositalarida olib borilmoqda.

 2022-yil 2-fevral kuni “Jinoyat huquqi” fani doirasida “Mahorat darsi” tashil etilib, unda Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyat sudi sudyasi Bekzod Jumaboyev taklif etildi hamda mavzuga oid o‘z tajribalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, onlayn mashg‘ulotda o‘quv-metodik bo‘limi boshlig‘i U.Maxmudov, bo‘lim uslubchisi Sh.Nomozov hamda Jinoiy-huquqiy fanlar kafedrasi mudiri N. Axatovalar ishtirok etdi.

 

Kanalga ulanish: telegram | facebook | instagram  

 

Jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish maqsadida o‘zaro hamkorlik Memorandumlari imzolandi

24-01-2022

Samarqand viloyati yuridik texnikumida hududdagi mahalla aholisining keng qatlamlarini jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish maqsadida o‘zaro hamkorlik Memorandumlari imzolandi.

Unga ko‘ra sportning yurish, yugurish, mini-futbol, badminton, stritbol va “workout” turlarini yanada rivojlantirish maqsadida “Sartepo” hamda Yangiqo‘rg‘on MFY sportchi-yoshlari hamda aholisiga haftaning shanba kuni yuridik texnikum sport maydonchalari hamda sport zali ochib beriladigan bo‘ldi.

Shuningdek, memorandum doirasida mahallas aholisi uchun “Sport-sog‘lik garovi” aksiyasini ham tashkil etish rejalashtirildi.

Bizni kuzatib boring: telegram | facebook | instagram  

 

MATBUOT ANJUMANI TAFSILOTLARI TO‘G‘RISIDA

18-01-2022

Samarqand viloyati “Matbuot uyi”da jurnalistlar va bloggerlar ishtirokida "Samarqand viloyati yuridik texnikumi faoliyati va undagi imtiyozlar" mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Dastlab, anjumanda yuridik texnikum direktori Otabek Toshniyozov texnikum faoliyati hamda yuridik ta'lim sohasidagi islohotlar haqida axborot berdi.

Shundan so'ng anjumanning savol-javob qismiga o'tilib, texnikum ma'muriyati tomonidan Samarqand shahar xokimligi matbuot xizmati,  “Zarafshon” gazetasi, daryo.uz, stv.uz saytlari, “Samarkandkiy vestnik” hamda "Ovozi Samarqand" gazetalari maxsus muxbirlari kabi bir qator ishtirokchilar va jurnalistlarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javob berdi.

Anjuman so‘ngida bunday uchrashuvlarni doimiy ravishda o‘tkazilib borilishi hamda texnikum va jurnalistlar o‘rtasida doimiy axborot almashinuvi bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 Bizni kuzatib boring: telegram | facebook | instagram  

 

“ON-LINE TABRIK” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovi yakunlandi

17-01-2022

Samarqand viloyati yuridik texnikumi o‘quvchilarining qishki ta'tilini mazmunli o‘tkazish maqsadida "14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “ON-LINE TABRIK” ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovida “Eng yaxshi video-tabrik” yo‘nalishi bo‘yicha g‘oliblar quyidagicha belgilandi:

  • 1-o‘rin: 1-bosqich, 104-guruh o‘quvchisi Oydinova Sitora;
  • 2-o‘rin: 2-bosqich, 205-guruh o‘quvchisi Jo‘rayeva Yashnargul;
  • 3-o‘rin: 2-bosqich, 203-guruh o‘quvchisi O‘ktamov Ravshanbek;
  • 3-o‘rin: 1-bosqich, 103-guruh o‘quvchisi Eshmamatov Umidjon.

G‘oliblarni samimiy muborakbod etgan holda ular uchun ajratilgan sovg‘alar hamda diplomlar ta'lim jarayoni boshlangan kuni tantanali taqdim etilishi rejalashtirilganligi ma'lum qilinadi.

 

Bizni kuzatib boring:  telegram | facebook | instagram 

 

USAID seminar-treningi davom etmoqda !

15-01-2022

2022-yil 14-15 yanvar kunlari USAID jamoasi Samarqand viloyati yuridik texnikumida “Gender tengligining asoslari va ta'limda gender yondashuvini qo‘llash” mavzusida yuridik texnikum o‘qituvchi-xodimlari uchun trening o‘tkazilishi rejalashtirildi. Treningda yuridik texnikumning jami 25 nafar xodimlari ishtirok etib, gender tengligi masalalari bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirish, shuningdek, fanlarni o‘qitishda gender yondashuvini joriy etish bo‘yicha o‘z tajribalarinioshirish hamda tashkilotning maxsus sertifikatini qo‘lga kiritish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bizni kuzatib boring:  telegram | facebook | instagram 

 
Фойдали сайтлар
Матнни эшитиш учун ушбу тугмани босинг